Prezident qator tashkilotlar rahbarlarini qattiq ogohlantirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazirlik, tashkilotlar rahbarlari va hokimlar qattiq ogohlantirildi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19-aprel kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Yig‘ilish import hajmi va turlarini maqbullashtirish, eksport prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishi va eksport hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish uchun barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga bag‘ishlandi.

Buxoroda yil boshidan buyon 57 nafar mas’uliyatsiz rahbar ishdan bo‘shatildi

Xabarda bildirilishicha, "O‘zbekenergo", "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati", "O‘zbekengilsanoat", "O‘zqurilishmateriallari" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" DK, "O‘zpaxtasanoateksport" XK, "O‘zdonmahsulot" AK, "O‘zbekcharmpoyabzali" uyushmasi, "O‘zfarmsanoat" DAK korxonalarida 2016-yilda import hajmi sezilarli ravishda oshgan.

"O‘zbekneftgaz" MXK, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati", "O‘zbekengilsanoat", "O‘zbekenergo", "O‘zqurilishmateriallari" va "O‘zkimosanoat" AJ, "O‘zeltexsanoat" AK, "O‘zfarmsanoat" DAK, "O‘zbekoziqovqatxolding" XK mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan mahsulotlarning xorijdan olib kelinishiga yo‘l qo‘ygan. Shu bilan birga, ayrim korxonalar xorijdan asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan mahsulotlar ham sotib olgan.

Qayd etilgan kompaniyalar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari import hajmining o‘sishi, valyuta resurslarini asossiz importga jalb qilgani uchun ularga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilishi, egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

"O‘zbekneftgaz" MXK, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbarlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keraksiz bo‘lgan tovarlar bojxona omborlarida uzoq muddat saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat bojxona qo‘mitasiga Hisob palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish, bojxona omborlari tizimini maqbullashtirish va tartibga solish, ular uchun xalqaro standartlar darajasida yagona texnik talablar belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish topshirildi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlar jazolandi

"O‘zfarmsanoat" DAK, "O‘zeltexsanoat", "O‘zmontajmaxsusqurilish" AK, "O‘zagrotexsanoatxolding", "O‘zbekoziqovqatxolding" XK rahbarlari mahalliylashtirish va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirishni ta’minlamayotgani uchun qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari e’tibori aksariyat korxonalar Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada shartnomalarni nomigagina tuzayotganiga qaratildi. Jumladan, "O‘zavtosanoat","O‘zmontajmaxsusqurilish", "Toshshahartransxizmat" AK, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK, "O‘zagrosanoatxolding" XK korxonalari 2016-yilda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulotlarni to‘liq xarid qilmagan.

Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, tegishli vazirlik, tashkilot va idoralar rahbarlari Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada 2017-yil uchun tuzilgan shartnomalar o‘z vaqtida, to‘liq amalga oshirilishi uchun shaxsan javob berishi haqida qat’iy ogohlantirildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0