TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlaridan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Biz Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlari stavkasini pasaytirish yoki ularni to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qildik, bular tijorat avtomobillari, po‘lat prokatlari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir", — dedi Mirziyoyev kengaytirilgan shakldagi Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari chog‘ida.
U savdo-iqtisodiy sohada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelgusidagi ishlar ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli ravishda kengaytirish va tovar aylanishi hajmlarini ahamiyatli tarzda ko‘paytirish imkonini berishiga umid bildirdi.