Shimoliy Koreya terrorchilikka qarshi kurashish tarafdori ekanini e’lon qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKXDR yetakchisi Kim Chen In
KXDR yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh bizga "terrorchilik homiysi" degan tamg‘ani ilayotgani uchungina bizning davlatimiz terrorchilik homiylik "qilmaydi", deb aytdi Shimoliy Koreya TIV vakili

TOShKENT, 4 mar — Sputnik, Yekaterina Plyasunkova. KXDR hukumati terrorizmning har qanday shaklini qo‘llab-quvvatlashni rad etuvchi tamoyillarga amal qiladi va buni amaliyotda ifoda etadi.

Shimoliy va Janubiy koreya o‘rtasidagi chegara - Sputnik O‘zbekiston
Seul shimoliy koreyaliklarga Kim Chen Nam qanday o‘lgani haqida karnaylar orqali aytib beradi
Shimoliy Koreya TIV vakilining tegishli bayonoti "Nodon sinmun" nashrida e’lon qilindi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu bayonot Janubiy Koreya tomonidan 3-mart kuni "Chomon Ilbo" nashrida e’lon qilingan maqolaga javob bo‘lgan. Janubiy Koreya maqolada KXDRni terrorchilik homiylari bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga qayta kiritish masalasini ko‘targan.

"Koreya (KXDR) hukumati terrorchilikning har qanday shaklini qo‘llab-quvvatlashni rad etuvchi tamoyillarga qat’iy amal qilishi va buni hamisha amaliyotda ifoda etishini xalqaro hamjamiyatga yaqqol namoyon etdi", — deyiladi bayonotda.

Shimoliy Koreya TIV vakili, shuningdek, AQSh "terrorchilik homiysi" tamg‘asini KXDRga ilib kelayotgani uchungina davlat terrorchilikka homiylik "qilmasligi" haqida iddao qilgan.

Fevral oyi oxirida Yaponiyaning Kiodo agentligi AQSh diplomatik doiralaridagi manbaga tayangan holda, rasmiy Vashington Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ta yuqori darajadagi zaharli modda bilan o‘ldirilgani tufayli KXDRni terrorchilikka homiylik qiluvchi-mamlakatlar ro‘yxatiga takroran kiritish rejasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Kim Jong Nam, ein Halbbruder des nordkoreanischen Staatschefs Kim Jong-un - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen Nam qanday o‘ldirilgani videosi paydo bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, KXDR 1987-yilda Janubiy Koreyaga qarashli yo‘lovchi samolyot portlatilgach Amerikaning terrorchilikka homiylik qiluvchi mamlakatlar-ro‘yxatiga kiritilgan. 115 kishi halok bo‘lgan bu portlash KXDR maxsus xizmati agentlari tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 2008-yilda AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush ma’muriyati KXDR terrorchilik homiylari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan o‘chirilganini ma’lum qilgan. MAGATE (atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik) ekspertlari Pxenyan tomonidan e’lon qilingan yadro obyektlari haqida ma’lumot olishlari mumkinligi haqidagi kelishuvdan keyin bunday qaror e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0