O‘zbekistonning eski qiruvchi-samolyotlari qay tomon uchmoqda?

Obuna bo‘lish
Amerika kompaniyasi O‘zbekiston Harbiy Havo Kuchlariga tegishli 35 dona harbiy jangovar samolyotlarini sotib olishni taklif qilmoqda. Xaridorga tovar zudlik bilan yetkazilishi va’da qilingan

TOShKENT, 3 mar — Sputnik, Anton Kurilkin. O‘zbekistondagi qator ommaviy axborot vositalarida shu hafta O‘zbekiston sovet davrining o‘nlab eski samolyotlarini sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Savdo kompaniyalari orasida amerikaning Red Fish Trading kompaniyasi tilga olingan edi. Ammo O‘zbekiston harbiy muassasasi tenderlar natijasi hozircha e’lon qilinmagani, va barcha texnika o‘z joyida ekanligini xabar qilishdi.

O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotuvga qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotapti
O‘zbekiston tomonning tenderlar natijasi haqidagi xabariga qaramay, yuqorida nomi tilga olingan kompaniya xaridorlarga xilma-xil ishlatilgan harbiy texnika bilan birgalikda 1300 dona tanklarga qarshi granotomotlar, o‘n minglab avtomatlar, patronlar, bronetexnika va hatto tanklarni taklif qilgan.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri amerikalik "qurol-aslaha baronlari" tarixi qayerdan ildiz otayotganiga qiziqib ko‘rdi.

30 ming dona "Kalashnikov"

Red Fish Trading kompaniyasi rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u Qo‘shma Shtatlarda, San-Antonio shahrida, Texas shtatida joylashgan. Kompaniyaning butun dunyo bo‘yicha vakolatxonalari borligi qayd etilgan: Yaqin Sharqda, Afrikada, Sharqiy Yevropada, Hindistonda va Bangladeshda.

Kompaniyada amerikaliklardan tashqari, yevropaliklar, arablar va hatto Hindistonlik brigada generali faoliyat yuritar ekan. Kompaniya o‘ziga kerakli xodimlarni butun dunyodan izlaydi — misol uchun hozir Iordaniya va Bolgariyadan xodimlar izlamoqda.

Red Fish Trading kompaniyadagi tovarlar assortimentini sir tutmaydi — rasmiy saytida taklif etilayotgan tovarlar katalogi mavjud. Oddiy foydalanuvchilar uchun yer ustida harakatlanadigan texnika bo‘limi ham bor. Texaslik "qurol baronlari" bronetransportorlar, zirhlangan jangovar mashinalar, tanklar, yuk mashinalari va jiplarni xarid qilishni taklif qilishgan.

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "ARMIYa-2015". Den vtoroy
Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum ARMIYa-2015. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "ARMIYa-2015". Den vtoroy

Ayrim takliflar savollarni yuzaga keltirmay qo‘ymaydi, albatta — misol uchun kompaniya Rossiyada ishlab chiqarilgan AK-104 avtomatlarini sotuvga qo‘ygan, ammo shu bilan birga AQSh Davlat departamenti tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Rossiya bilan hamkorlik qilmasligini aytib o‘tgan. Bu yerda muammo shundaki, bu o‘qotar qurol boshqa davlatlarga eksport qilinmagan va u faqatgina Rossiyada ishlab chiqariladi.

Pensiyadagi harbiy texnika

Rossiya Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi rahbari Konstantin Makiyenkoning Sputnik O‘zbekistonga bergan izohiga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan sotuvga qo‘yilayotgan Harbiy jangovar samolyotlar jiddiy ta’mirlash ishlarini talab etadi.

Tank T-64BV. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi
"Tushunishimcha, texnika juda abgor ahvolda. Texnikani normal holatga keltirish uchun unga yuz minglab, kerak bo‘lsa millionlab dollar sarmoya kiritish kerak. Ular uchishi mumkin va ucha oladi ham, ammo jang qilishiga kelsak, — yo‘q, degan fikrdaman", — deb ta’kidlagan ekspert.

Bunday biznesning mohiyatiga keladigan bo‘lsak, Makiyenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunday kompaniyalar bor va ularning mijozlari davlat tuzilmalari bilan bir qatorda alohida shaxslar, misol uchun kolleksionerlar bo‘lishi mumkin.

"Qo‘shma Shtatlar — juda boy davlat va u yerda texnika ishqibozlari talaygina. Yoxud ularni kolleksiya uchun xususiy muzeylar ham xarid qilishi mumkin", — deb qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0