Prezident Surxondaryoda aholining daromadini ko‘paytirish yo‘lini aytdi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yetishtiriladigan mahsulotlarning turini kengaytirish, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon yetishtirishni yo‘lga qo‘yish kerakligini aytdi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz tumanidagi "Gold Agro Fresh" agrofirmasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi uz24.uz sayti.

"Gold Agro Fresh" agrofirmasi sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishga ixtisoslashgan istiqbolli loyihalardan biridir. Qiymati 35 million AQSh dollari bo‘lgan korxonaning zamonaviy issiqxonalarida yiliga 30 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 1000 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi

Hozirda 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning xaridorgir navlari o‘stirilmoqda. Barcha 70 blok ishga tushgach issiqxonalar 100 gektardan oshadi.

Bundan tashqari, 434 gektar yerda mavsumiy ekinlar ekilib, 23 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 2 100 kishini ish bilan ta’minlash, kelgusida 100 gektar yerda intensiv bog‘ yaratish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlarning turini kengaytirish, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, odamlarning daromadini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakat rahbari shu yerning o‘zida meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik kabi tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi.

Angor tumanida qurilayotgan meva-sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan "Angor Gold Fruits" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihasiga muvofiq 530 gektar intensiv bog‘, uch ming tonna meva-sabzavotlarni saqlash imkoniyatiga ega muzxona qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Paxta terish - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida paxta dalalarining beshdan bir qismi qisqartiriladi

Jarqo‘rg‘on tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan "Fabullo stroy servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati ham meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan.Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi va eksport qilinadi. Sig‘imi 2 ming tonna bo‘lgan zamonaviy muzlatgichda yil davomida 6 ming tonna mahsulot aylanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish uskunasining quvvatini yiliga 8 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti bu borada ishlar samaradorligini oshirish, meva-sabzavotlarning noan’anaviy turlarini ko‘proq ekish va qayta ishlash, eksportni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0