TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Minibaslar ishlab chiqaruvchi zavod Samarqandda, xorijiy ishlab-chiqaruvchi hamkorligida ishga tushirilishi mumkin, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zavtoprom"dagi manba.
"Hozirgi vaqtda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Minibaslarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha 2018-yilga kelib ishga tushirilishi mumkin. Bu bizga shaharga yaqin va regional yo‘nalishlardagi taksi haydovchilarini sifatli texnika bilan ta’minlash imkonini beradi. Asosan 11- va 18-o‘rinli minibaslarni ishlab chiqarmoqchimiz, shuningdek, ularda tikka turib ketuvchi yo‘lovilar uchun ham joy ajratish belgilangan", — deya ta’kidlagan manba.
Samarqandda yaqin to‘rt yil ichida 300ga yaqin yangi taksi yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda.