Nemis maxsus xizmatlari: Rossiya Yevropa va AQSh o‘rtasiga sovuqchilik tushirmoqda

© REUTERS/ Francois LenoirYevropa Ittifoqi bayroqlari
Yevropa Ittifoqi bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Moskvaga nisbatan qo‘yilayotgan birinchi ayblov emas. Rasmiy Kreml bundan oldin ham bir necha bor YeIga ta’sir o‘tkazishga urinayotganlikda ayblangan

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Germaniya Federativ Respublikasi maxsus xizmatlari Rossiya muntazam ravishda Yevropa va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazib kelgan, degan bayonot bilan chiqishdi deb xabar qilgan RIA Novosti Spiegel nashrida nemis hukumati uchun e’lon qilingan yangi bayonotga asoslangan holda.

Ushbu hujjat GFR razvedka xizmati va konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha muassasa hamkorligida tayyorlangan.

Yevroittifoq Rossiyaga bosim o‘tkazmoqchi
"Bayonot mualliflari xulosasiga ko‘ra, Rossiya ko‘p yillardan beri YeIga a’zo mamlakatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ayniqsa G‘arbda mavjud bo‘lgan jamoatchilikka doir mojarolarni avj oldirishga urinib kelmoqda. Rossiya bu bilan YeI va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishga, ularni yo‘qqa chiqarishga erishmoqchi", — deb xabar qilgan RIA Novosti.

Nashrda ta’kidlanishicha, Germaniya hukumatidagilar ayni vaqtda ushbu bayonot mag‘zi bilan bundestag deputatlari va jamoatchilikni qay tarzda tanishtirish kerakligi va bunga ehtiyoj bor-yo‘qligi ustida qizg‘in muzokaralar olib borishmoqda.

Moskva nomiga birinchi bor bu kabi tuhmatlar yog‘dirilayotgani yo‘q. Rasmiy Kreml bundan oldin ham bir necha bor YeIga ta’sir o‘tkazishga urinayotganlikda ayblangan. Misol uchun, ilgariroq Bolgariyaning ketayotgan prezidenti Rosen Plevneliyev ROssiya Bolqon mamlakatlari orqali Yevropa davlatlarining tinchini buzishga urinayotgani haqida bayonot qilgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin NATO o‘z kuchlarini nima uchun Yevropa sharqida jamlayotganini aytdi
Polsha va Chexiya ham Rossiya Yevroittifoqdagi stabil holatni yo‘qqa chiqarishga urinayotgani haqida bir necha bor aytishgan. Polsha Mudofaa vaziri Antoniy Macherevich Moskva qochoqlar inqirozini yuzaga keltirish orqali Yevropa tinchini buzmoqchiligini ta’kidlagandi.

Shu bilan bir qatorda, 2016-yilning so‘nggida o‘tkazilgan katta matbuot-anjumani vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva YeI bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini, ammo davlatni Yevropaning ichki masalalari qiziqtirmasligi haqida gapirgan edi. Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi a’zolari o‘rtasida hamfikrlilik tushunchasi mavjud emas, ayniqsa, migratsiya masalasida ularning fikri ayro-ayro ekanini aytib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0