Kuba parlamenti Fidel Kastroga haykal o‘rnatishni ta’qiqladi

© REUTERS / Henry RomeroFidel Kastro portreti oldiga qo‘yilgan gullar
Fidel Kastro portreti oldiga qo‘yilgan gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuba respublikasi parlamenti Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal o‘rnatish, mamlakat maydon va ko‘chalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni ta’qiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Kubada ko‘chalarga Kastro nomini berish va Fidelga haykal o‘rnatish ta’qiqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Fidel Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Komandante shunday degan: Fidel Kastroning eng yorqin iboralari
Ta’kidlanishicha, Kuba xalq hukumati milliy assambleyasi (respublika parlamenti) Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal o‘rnatish, mamlakat maydon va ko‘chalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni ta’qiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qilgan.

Qabul qilingan hujjat muqaddimasida ta’kidlanganidek, qonun Fidel Kastro irodasiga mos keladi.

Hujjatga ko‘ra, Kuba inqilobi yetakchisi nomidan "tashkilotlar, maydonlar, ko‘chalar va boshqa jamoat joylarini nomlashda foydalanish ta’qiqlanadi". Qonunda shuningdek, har qanday unvon va mukofotlarga Kastro nomini bernish ham man qilingan.

"Fidel kastro siymosidan monumentlar, bustlar, haykallar va boshqa xotira obyektlarini qad roslashda hamda tijorat maqsadlarida foydalanish ta’qiqlanadi" deya qo‘shimcha qilingan qonunda.

Shu bilan bir vaqtda, qabul qilingan qonunchilik loyihasi Komandante siymosidan adabiy asarlarda foydalanishni cheklamaydi.

Kastro xotirasiga bag‘ishlangan miting - Sputnik O‘zbekiston
Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna Kuba sharqiga qarab yurishni boshladi
Cubadebate sayti xabariga ko‘ra, Fidel Kastro nomi va siymosidan foydalanishni ta’qiqlovchi qonun ayni vaqtda Kubadagi korxonalar, maktablar va universitetlarni bezab turgan Kastro tasvirlangan suratlar va plakatlarga joriy etilmaydi.

Nashr xabariga ko‘ra, Fidel Kastro nomi faqatgina uning merosini o‘rganish bilan shug‘ullanish maqsadida yaratiladigan biron bir tashkilotga berilishi mumkin, xolos.

Yangiliklar lentasi
0