Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna Kuba sharqiga qarab yurishni boshladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishKastro xotirasiga bag‘ishlangan miting
Kastro xotirasiga bag‘ishlangan miting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gavana shahrida Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hokini mamlakat bo‘ylab olib o‘tish marosimi boshlandi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna chorshanba kuni mamlakat janubi-sharqi, poytaxtdan 900 km masofada joylashgan Santyago-de-Kuba shahriga qarab yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Motam marshi Kuba vaqti bilan 07.15da boshlangan.

Fidel Kastro O‘zbekistonda - Sputnik O‘zbekiston
Chopon kiygan Fidel Kastro! - Komandantening O‘zbekistonga tashrifi aks etgan suratlar
Marosim Gavanadagi Inqilob maydonidan boshlangan. Kuni kecha bu yerga Fidel Kastro bilan vidolashish uchun bir millionga yaqin kubaliklar tashrif buyurishgan edi. Miting yakunida Fidel Kastroning ukasi Raul Kastro so‘zga chiqib, "Kuba xalqi o‘z kurashini davom ettirishini" aytgan edi.

Kolonna marshruti bo‘ylab Kuba inqilobi yetakchisi — Fidelni so‘nggi manzilga kuzatgani kelganlardan iborat "devor" hosil bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Kastro kuli 4-dekabr kuni Santyago shahrining "Santa Ifigeniya" qabristoniga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Fidel Kastro 25-noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi. Kubada 9 kunlik motam e’lon qilindi, davlat bayroqlari tushirildi, barcha bayram tadbirlari bekor qilindi.

Fidel Kastroning dafn marosimida 27 davlat delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0