O‘zbekistonda namunaviy uylar narxi ikki baravarga arzonlashadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishNamunaviy loyiha asosida uy qurilishi
Namunaviy loyiha asosida uy qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Narxlarning bunday pasayishiga yangi namunadagi uylar loyihalarini ishlab chiqish evaziga erishildi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda qishloq joylarda namunaviy loyihadagi uylarning qurilishi tannarxi ikki baravarga arzonlashadi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi vakili.

Uning aytishicha, agarda 2016-yilda uch xonali yoki besh xonali namunaviy uylarning narxi 175 milliondan 214 million so‘mgachani tashkil etgan bo‘lsa, yangi namunadagi uylarning narxi 85 milliondan 170 million so‘mgacha bo‘ladi.

Namunaviy loyihadagi uy qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yoppasiga arzon uylar qurilishi boshlanadi

"Narxlarning bunday pasayishiga yangi namunadagi uylar loyihalarini ishlab chiqish evaziga erishildi. Ularda ichki ishlab chiqaruvchilarning mahalliy xom ashyodan tayyorlangan qurilish materiallaridan foydalanish hisobga olingan", — dedi suhbatdosh.

Quruvchilar uchun ham sezilarli imtiyozlar mavjud. Masalan, "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi va u bilan shartnoma imzolagan uy-joy va ularga tegishli suv ta’minoti va avtomobil yo‘llarini barpo etuvchi pudratchi tashkilotlar 2022-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. 

Qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularni tashish bilan shug‘ullaniuvchi tashkilotlar qo‘shimcha qiymat solig‘i, yagona soliq to‘lovi va qurilish materiallari va uskunalarini tashiganlik uchun davlat maqsadli fondlariga ajratma to‘lovidan ozod qilinadi.

Kelasi yilda 15 mingta uchta turdagi namunaviy uylar qurish rejalashtirilgan. Ular ikki va uch qavatli ko‘p xonadonli hamda obodonlashtirilgan hovliga ega uylar bo‘ladi (birinchi tur). Asosan aholi zich tumanlardagi bir qavatli ikki va uch xonali maydoni ikki sotixli uylar (ikkinchi tur). Va to‘rt sotixli ikki qavatli to‘rt xonali uylar bo‘ladi (uchinchi tur).

Yangi uylar uchun zarur infrastruktura ham barpo etiladi —260 kilometrdan oshiq yo‘llar, 316 kilometr gaz va 290 kilometr elektr tarmoqlari, 415 kilometrdan ortiq suv ta’minoti tarmog‘i hamda zarur ijtimoiy obyektlar quriladi.

Namunali loyihalar asosida qurilgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq joylarda yangi uylar qurilishiga 700 mln $ ajratildi

Bu uylar uchun ipoteka kreditlari 15-yilga uch yillik imtiyozli muddat bilan va dastlabki besh yil davomida 7%lik foiz stavkasi bilan beriladi. Keyingi yillarda foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi. Bu uylarni sotib olish uchun dastlabki to‘lov 15%ni tashkil etadi.

Hozirda "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi kelasi yilda uy qurish uchun pudratchi tashkilotlarni tanlash ishlarini olib bormoqda. Ayni kunlarda yangi loyihalar asosida qurilgan dastlabki uylar foydalanishga topshirilmoqda. Kelasi yilning birinchi yanvarigacha 546ta birinchi va ikkinchi turdagi uylarni qurib bitkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0