TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Germaniyaning Visbaden shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti politsiyaga tayanib.
Politsiya xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, bir ayol halok bo‘lgan. Voqea Bibrix okrugida yuz bergan. Jinoyat sababi hozircha ma’lum emas. O‘q uzgan shaxs qochib ketgan, politsiya uni qidirish uchun vertolotdan foydalanmoqda.
Kecha oqshomda noma’lum shaxs Germaniya markazidagi yarmarkada odamlar ustiga yuk mashinasi bilan bostirib borishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq kishi jarohatlangandi. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.