Mirziyoyev prezident sifatida ilk qonunga imzo chekdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun 13-dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida qabul qilingan edi

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni "Prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi, deb xabar beradi mahalliy OAV.

Mazkur qonun Mirziyoyev o‘z lavozimiga kirishgandan so‘ng imzolagan birinchi hujjat hisoblanadi.

O‘zbekistonda prokuratura organlari kasb bayrami belgilanadi

Qonun 13-dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida qabul qilingan edi.

1992 yil 8-yanvar kuni "O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni qabul qilingan sana — 8-yanvar Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0