O‘zbekistonda prezident saylovini yorituvchi "Press-Club Elections.uz-2016" tashkil etildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishSaylovlar
Saylovlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi press klubni tashkil etishdan maqsad - xorijiy va milliy OAV vakillarining professional faoliyati uchun xalqaro standartlarga mos keladigan qulay infratuzilmani yaratish, interfaol axborot media-maydoni tashkil qilish va Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirishdir

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish  jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi  va  ekspertlarni, shuningdek media-hamjamiyati vakillarini respublikamiz erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadidda tashkil etilgan "PressClub: Elections.uz-2016" press-klubida qizg‘in tayyorgarlik ketapti, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Ovozlarni sanash - Sputnik O‘zbekiston
FJShMQMI so‘rovi: fuqarolarning 81,5%i kimga ovoz berishini biladi
Joriy yil 4 dekbrda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayonni yoritishda xolislik, oshkoralik va tezkorlikni ta’minlashni maqsad qilgan "PressClub: Elections.uz-2016" press-klubi o‘z multimedia maydonida xorijiy va milliy mediasoha vakillarini birlashtirishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, "PressClub: Elections.uz-2016" press-klubning xalqaro kuzatuvchilar  ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turkum tematik tadbirlar  tashkil etishni  ko‘zda tutuvchi kundalik dastur-jadval ishlab chiqildi. Kundalik dastur-jadvalda belgilangan brifinglarda esa "Mamlakatning siyosiy modernizatsiyasi", "Milliy qonunchilikka xalqaro huquqlar meyorlarini implementatsiya qilish, xalqaro  xamkorlik jihatlari", "Real bellashuv, sog‘lom  siyosiy raqobat va elektorat bilan ishlashga  yangicha yondashuvlar", "OAV va saylovlar: feedbackni ta’minlash" kabi  turli mavzular muhokama qilinadi.

Press-klub ishi  doirasida taniqli  xorijiy  kuzatuvchilar va xalqaro  tashkilotlar vakillari bilan intervyular  tashkil etish ham  rejalashtirilgan. Mazkur intervyular orqali yurtimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayonga taniqli  xorijiy  kuzatuvchilar va xalqaro  tashkilotlar vakillari qanday baho berishini bilish imkoniyati tug‘iladi.

Yangiliklar lentasi
0