Erdo‘g‘on O‘zbekistonga nega kelmoqda?

© REUTERS / UMIT BEKTASRajab Toyib Erdo‘g‘on
Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya rahbari O‘zbekistonga 13-yil ichida ilk bor uning ta’biri bilan aytganda, ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochish uchun tashrif buyurmoqda

TOShKENT, 17 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on katta turnega otlanmoqda. Davlat rahbari 16-noyabr kuni Pokistonga tashrif buyurdi, 17-noyabr kuni esa Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keladi. Turkiya davlati yetakchisi O‘zbekistonda ikki kun davomida bo‘ladi.

Erdo‘g‘on parvoz oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Biz o‘zbek birodarlarimiz bilan munosabatlarning yangi sahifasini ochishni istaymiz" dedi.

Munosabatlarning jonlanishi

Bunday yuqori darajadagi so‘nggi uchrashuv bundan 13-yil ilgari bo‘lgan – o‘shanda bosh vazir bo‘lgan Erdo‘g‘on O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelgandi — 1999-yilda Anqaraga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashrif buyurgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on O‘zbekistonga keladi

O‘shandan keyin Karimov ham, Erdo‘g‘on ham o‘zaro tashriflarni amalga oshirmadilar va analitiklarning aytishlaricha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tashqi siyosatdagi kelishmovchiliklar sababli sezilarli darajada sovib ketdi. Masalan, Turkiya O‘zbekistonda davlatga xiyonat qilishda ayblangan siyosatchi va adib Muhammad Solihga boshpana berdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ham havas qiladigan darajada emas. O‘tgan yili savdo hajmi rekord darajada qisqarib ketdi. Turkiya TIV ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi, bunda asosan O‘zbekistondan Turkiyaga eksport hajmi qisqardi: 2011-yilda 939 million dollar, o‘tgan yili esa 711,5 million dollarlik mahsulot. 

Hamkorlik yillari davomida Turkiyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalari umumiy miqdori 1 milliard dollarni tashkil etdi — taqqoslash uchun, faqatgina 2015-yilda Islom Karimovning Janubiy Koreyaga qilgan bir tashrifi davomida tomonlar 5,5 milliard dollarlik shartnomalarga imzo chekkan.

Turkiyaning TIKAsi Koreyaning KOICA va Yaponiyaning JICA hamda JETRO kompaniyalaridan ortda. Agarda koreys va yapon agentliklari O‘zbekistonga yiliga bir necha millionlab dollar kiritayotgan bo‘lsa, turk agentligi sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda atigi bitta loyiha amalga oshirilgan – Qarshi shahrida kompyuter sinfi jihozlangan. Biroq 2014-yilda TIKAning O‘zbekistondagi faoliyati haqida Turkiya elchisi gapirib bergandi.

Namik Gumer Erpulning aytishicha, TIKA ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalarida bir nechta loyihalarni amalga oshirgan. Biroq TIKA tomonidan nechta loyiha amalga oshirilganiga elchi aniqlik kiritmadi.

Geosiyosiy sabab

Rossiya FA sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi Vladimir Ahmedovning Sputnik O‘zbekistonga aytishicha, Erdo‘g‘onning tashrifi Turkiya yetakchisining mamlakat geosiyosiy mavqeyini mustahkamlash istagi bilan bog‘liq.

Prezident RF V.Putin prinimayet uchastie v sammite G20 v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Toyib Erdo‘g‘on Tatyana Karimovaga ta’ziyanoma yo‘lladi

"Erdo‘g‘on Turkiyaning ichki muammolarini faol tashqi siyosat evaziga yopishi lozim. U Iroqda, Suriyada faol harakat qilmoqda va O‘zbekiston bilan aloqalarni tiklash istagida", — dedi ekspert.

Aslida, mazkur tashrif to‘qsoninchi yillarda SSSR tarqalganidan keyin Turkiya kirib kelgan mintaqasiga yana qaytishi uchun kerak. Faqatgina 1990-yillarda Anqara ushbu mintaqaga 10 milliard dollarlab pul tikkandi. Turklar qo‘shma korxonalar tuzishdan ham manfaatdor.

Ekspertning fikricha, Turkiyaning Markaziy Osiyoga qaytishini bir necha omillar qiyinlashtirishi mumkin: bular Rossiya va Eronning xavotiri, Turkiyaning Yaqin Sharqdagi faol siyosati va arab inqiloblari hamda Yaqin Sharqdagi inqiroz sababli Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining hushorligi.

Umuman olganda, Ahmedovning aytishicha, Erdo‘g‘onning hozirgi tashrifi prezident Putin bilan suhbatlarda muhokama qilingan — Turkiyaga bombardimonchi samolyot bilan yuz bergan hodisadan so‘ng o‘zaro aloqalar zo‘rg‘a tiklangan Rossiyaning xavotirlanishi uchun ortiqcha vajlar kerak emas. Ha, ehtimol Erdo‘g‘on munosabatlarda yangi sahifa ochish istagi bilan birga mintaqada xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflari bilan ham tashrif buyuradi. 

Yangiliklar lentasi
0