Toshkent aeroporti - dunyoning eng yomon aeroportlari beshligidan o‘rin oldi

© Foto : Peter GriffinYo‘lovchilar samolyot reysini kutishmoqda
Yo‘lovchilar samolyot reysini kutishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroporti xizmat ko‘rsatish darajasi (servis yomonligi) pastligi sababli eng yomon deb ta’kidlangan aeroportlar beshligiga kiritilgan. Sayyyohlar aeroportdagi ulkan navbatlardan juda ham norozi bo‘lishgan

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. The Guide to Sleeping in Airports sayti dunyoning eng yomon va eng yaxshi aeroportlari ro‘yxatini e’lon qilgan. Tadqiqot davomida 26 mingdan ziyod sayohatchilar fikri o‘rganilgan. Respondentlar aeroportlarga bir necha kriteriylar — ya’ni qulayligi, tozaligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish (servis) sifatiga qarab baho berishgan.

Urganch xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Urganch aeroporti - MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport deb tan olindi
Eng yomon aeroportlar ro‘yxatining birinchi pozitsiyasini Nigeriyadagi Port Harcourt International Airport egallagan. Xizmat ko‘rsatish sifati pastligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistonidagi King Abdulaziz International Airport aeroporti kelmoqda. Uchinchi o‘rinda — Nepaldagi yagona xalqaro aeroport (Kathmandu Tribhuvan International Airport) turibdi.

To‘rtinchi o‘rin — Toshkent Xalqaro aeroportiga ajratilgan. Sayyyohlar aeroportdagi ulkan navbatlardan qattiq norozi bo‘lishgan.

Eng yomon aeroportlar beshligini esa Karakasdagi Caracas Simón Bolívar International Airport xalqaro aeroporti yakunlaydi.

Singapur (Changi International Airport), Seul, Janubiy Koreya (Incheon International Airport), Tokio, Yaponiya (Haneda International Airport), Tayvan (Taoyuan International Airport) hamda Gongkong (Hong Kong International Airport) aeroportlari esa eng yaxshi aeroportlar beshligi sifatida e’tirof etilgan.

Yangiliklar lentasi
0