Baronessa Vivyen Stern O‘zbekistonga safarini boshladi

Obuna bo‘lish
Britaniya parlamenti lordlar palatasi a’zosi, Britaniya imperiyasi ordeni faxriy qo‘mondoni, baronessa Vivyen Stern O‘zbekistonga rasmiy safarini boshladi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Baronessaning rasmiy tashrifi uch kun davom etib, u bu muddat ichida hukumat va parlament vakillari bilan ikkiyoqlama uchrashuvlar o‘tkazadi, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri.

Toshkentda Xalqaro biznes-markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Britaniya kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi
"Baronessa Stern O‘zbekistonda Inson huquqlari milliy institutlari tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda chiqish qilib, vazirlik va Oliy Majlis senatining qator vakillaribilan uchrashadi", — deb ta’kidlangan xabarda.

Bundan tashqari, baronessa, jinoiy odil sudlov tizimini isloh qilish hamda qiynoqlar oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Baronessa Stern 1999-yildan buyon Britaniya parlamenti yuqori palatasi, lordlar palatasining mustaqil a’zosi hisoblanadi. 2004-yildan 2008-yilgacha Parlament qo‘mitasining inson huquqlari bo‘yicha a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda u o‘lim jazosini bekor qilish haqidagi parlament guruhi, shuningdek, Tojikiston bo‘yicha parlament guruhiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0