MSK da Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSaylov varaqalari
Saylov varaqalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
EBM ekspertlarining fikricha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bo‘lajak saylovlarni kuzatish yuzasidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosiga taklifnomaning o‘z vaqtida yuborilgani xalqaro saylov standartlari talablariga to‘la mos keladi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Imzo sanash - Sputnik O‘zbekiston
YeXHT O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlardagi o‘zgarishlarni ma’qulladi
Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov ekspertlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy hamda okrug saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi nizomlari va yo‘riqnomalariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi, Saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

EBM ekspertlarining fikricha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bo‘lajak saylovlarni kuzatish yuzasidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosiga taklifnomaning o‘z vaqtida yuborilgani xalqaro saylov standartlari talablariga to‘la mos keladi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan huquqni qo‘llash amaliyotini izchillik bilan takomillashtirmoqda. Bunda xalqaro kuzatuvchilar, xususan, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining o‘tgan saylovlardagi kuzatuvlari natijalari bo‘yicha tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV zimmasiga saylovlarda xavfsizlikni ta’minlash vazifasi yuklandi
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar, xususan, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur imzolari 5 foizdan 1 foizga kamaytirilganligini ijobiy baholadi.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan okrug saylov komissiyalari vakillari uchun o‘tkazilgan onlayn seminar-treninglarga ham yuqori baho berdi.

Uchrashuvda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari faoliyatini samarali tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0