YeXHT O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlardagi o‘zgarishlarni ma’qulladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishImzo sanash
Imzo sanash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentligi uchun to‘plash zarur bo‘lgan imzolar soni umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga tushirildi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar burosi O‘zbekiston prezidentligi uchun to‘plash zarur bo‘lgan imzolar sonini umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga tushirilganini yuqori baholadi. Bu haqda  O‘zbekiston MSK matbuot xizmati xabar qildi.

"YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar, xususan, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur imzolari 5 foizdan 1 foizga kamaytirilganligini ijobiy baholadi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlik saylovlarida nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo sonini kamaytirish to‘g‘risidagi tuzatishlar mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanib, 2015-yil dekabrida kuchga kirgan edi.

Bundan tashqari, ekspertlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan okrug saylov komissiyalari vakillari uchun o‘tkazilgan onlayn seminar-treninglarga ham yuqori baho berdi.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

Joriy yilning 11-oktabr kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligida Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari Toshkentga tashrif buyurdi. Missiya mutaxassislari 14-oktabrga qadar Respublikadagi saylovoldi jarayonini o‘rganib, O‘zbekiston TIV, Oliy Sudi, Adliya vazirligi, parlament yuqori palatasi, markaziy OAV vakillari hamda boshqa idoralar rahbarlari bilan uchrashadi. Missiya o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish yoki etmaslik, uning shakli, muddati va soni xususida qaror qabul qiladi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovlari 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0