TOShKENT, 6 okt — Sputnik. AQSh va yana 40dan ziyod mamlakatlar chorshanba kuni zarba beruvchi uchuvchisiz harakatlanuvchi apparatlarning ekport tamoyillari to‘g‘risida bayonnomani tarqatdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Deklaratsiyani imzolaganlar orasida — harbiy dronlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar bor: bular AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya. Rossiya Shimoliy Koreya singari ushbu bayonnomada ishtirok etmayapti. Harbiy dronlarni ko‘p miqdorda ishlab chiqaruvchi — Isroil davlati ham bonnomani imzolashdan bosh tortgan.
Bayonnomada ta’kidlanishicha, zarba beruvchi uchuvchisiz harakatlanuvchi qurilmalar savdosi, transferi va ulardan foydalanish standartlarini mustahkamlash joiz. Negaki, ayni vaqtda bu qoidalar muayan vaziyatdan kelib chiqqan holda tartibga solinayotgani aytib o‘tilgan.
Uchuvchisiz harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish esa xalqaro insonparvarlik haq-huquqlari, harbiy kuchdan foydalanish to‘g‘risidagi xalqaro qonunchilikka muvofiq kelishi lozim. Bayonnomaga muvofiq, hujjatga imzo chekkan davlatlar uchuvchisiz qurilmalardan noqonuniy kuzatish va noqonuniy kuch ishlatish maqsadida foydalanishdan to‘liq voz kechadilar.
AQSh ko‘p yillar mobaynida Pokiston, Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Somali va boshqa davlatlarda harbiy dronlardan terrorchilarga zarba berish maqsadida foydalanib keladi.