Chexiya prezidenti BMTga keskin tanqid bilan "yopirildi"

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishChexiya Respublikasi prezidenti Milosh Zeman
Chexiya Respublikasi prezidenti Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chexiya prezidenti Milosh Zeman BMT faoliyatini samarasiz deb baholadi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik, Aleksandr Kuranov. Chexiya prezidenti Milosh Zeman BMTni xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda sust ishtiroki uchun keskin tanqid ostiga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Li Ketsan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy bosh vaziri ikki yoqlama standartlardan voz kechishga chorladi
"Terrorchilikka qarshi kurash yuzasidan dastlabki takliflar, shu yerda, BMTda, 2000-yilda Hindiston tomonidan taklif qilingan edi. Hozirda, oradan 16-yil o‘tib, halqaro-huquqshunoslar hali-hamon terrorchilik tushunchasi ma’nosi borasida muzokaralar olib bormoqda. Shu bois, bu tashkilot faoliyati samaradorligi xususida menda ba’zi bir shubhalar paydo bo‘lmoqda. Terrorchi men uchun — begunoh jismoniy shaxslarni qasddan o‘ldirguvchi odam. Tamom! Hammasi oddiy, Vatson!", — deb ta’kidladi Zeman BMT Bosh Assambleyasi majlisida o‘z nutqini Sherlok Xolmsning mashhur iborasi bilan yakunlar ekan.

Zeman o‘z nutqi davomida, shuningdek, bir necha yil oldin radikal islom ta’siri ostiga tushgan davlatlar soni atigi oltita bo‘lganini, hozirda esa ular soni 35tani tashkil etishini qo‘shimcha qilgan.

"Roppa-rosa bir yil oldin BMT Bosh Assambleyasida men terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga da’vat qilgan edim. Va aynan o‘tgan yil mobaynida Parijda, Brusselda, Istambulda, Orlandoda, Munxenda, Nissada, Nyu-Yorkda teraktlar sodir etildi. Qachongacha birlashi borasidagi bayonotlar bilan chiqish qilamiz? Qachongacha o‘zimizning hamdardligimizni izhor qilishda davom etamiz? Biz barcha ikkilanish, qo‘rquvlarni o‘zimizdan uloqtirib, qat’iy harakatlarga o‘tishimiz lozim", — deya da’vat qildi Chexiya prezidenti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh kotibi migrantlar va musulmonlarni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi

Milosh Zeman, xuddi bir yil oldingi singari, xalqaro kuchlarni tashkil qilish taklifini ilgari surdi. Unga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan samolyot, vertolot va boshqa mobil qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangan bu uyushma terrorchilarning qo‘mondonlik, logistik va mashg‘ulot o‘tkazish markazlariga hujum uyushtirishi uchun kerak.

"Bizga kengaytirilgan hududiy operatsiyalar kerak emas. Iroq, Suriya va Liviyadagi no‘noq tajribalarimiz bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Biz u yerda hamma narsani barbod qildigu, hech narsa bunyod etmadik. Territoriyalarni okkupatsiya qilishning keragi yo‘q. Biz terrorchilik uyushmalarining tanasiga emas, miyasiga hujum uyushtirmog‘imiz darkor", — deya o‘z nutqiga yakun yasadi Zeman.

Yangiliklar lentasi
0