O‘zbekistonlik bokschilar ¼ finalga chiqdi

© FotoliaBokserlar jangi
Bokserlar jangi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kun yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi ikki bronza medali sohibi bo‘lgan. Sovrinlar dzudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek O‘rozboyevlar tomonidan yutib olingan. Ayni damda O‘zbekiston jamoasi medallar soni bo‘yicha 21 o‘rinni egallab turibdi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov (49 kg) Rustam To‘laganov (91 kg) musobaqalarning uchinchi kunida boks bo‘yicha ¼ finalga chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Uzbekskiy bokser Xurshid Tadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Bo‘lib o‘tgan janglarda Hasanboy Do‘stmatov Meksikalik Joze Velaskesni 3:0 hisobida yengdi, Rustam To‘laganov bo‘lsa Ekvadorlik Sezar Kastello ustidan xuddi shunday hisob bilan g‘alaba qozondi.

Keyingi janglarda ushbu sportchilar jiddiyroq raqiblar bilan uchrashadi. Do‘stmatov — Qozog‘istonlik Birjan Jakipov bilan, 11-avgustda uchrashadi. Jakipov — 2013 jahon chempioni, jamoada eng tajribali sportchi va u 32 yoshda. 

Rustam To‘laganov bo‘lsa Ozarbayjonlik Abduqodir Abdullayev bilan uchrashadi. Abdullayev o‘tgan yili Yevropa o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni bronza sovrindori bo‘lgan edi. Og‘ir vazndagi bokschilar jangi 10-avgustda bo‘lib o‘tadi.

Boks jangi - Sputnik O‘zbekiston
Rioda o‘zbek bokschilarining raqiblari aniqlandi

Bugun kechqurun esa, Xurshid Tojiboyev 60 kg vazn toifasida Britaniyalik Jozef Kordinga qarshi ringga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi. Ekspertlar fikriga ko‘ra O‘zbekistonlik sportchi o‘z vazn toifasida hozir dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ro‘yxat boshida Kubalik Lasaro Alvares, Ozarbayjonlik Albert Selimov va Rossiyalik Adlan Abdurashidovlar.  

Bugungi kun yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi ikki bronza medali sohibi bo‘lgan. Sovrinlar dzudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek O‘rozboyevlar tomonidan yutib olingan. Ayni damda O‘zbekiston jamoasi medallar soni bo‘yicha 21 o‘rinni egallab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0