Sport

Oʻzbekiston boks jamoasi birinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Olimpiadaning birinchi kunida Oʻzbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun Rioda boʻlib oʻtgan boks jangida Oʻzbekistonlik Xurshid Tojiboyev birinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi, Olimpiada rasmiy sahifasi xabariga asosan. 

Hozirgina Rio-de-Janeyroda Oʻzbekistonlik bokschi Tojiboyev Xurshid va Qatarlik Eresker Xakan orasida 60 kg vazn toifasida boks jangi tugadi. Unda Oʻzbekistonlik sportchi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Eslatib oʻtamiz, Riodagi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston  boks jamoasi birincha marta toʻliq tarkibda, yaʼni har bir vazn toifasida bir sportchi ishtirok etgan holda qatnashmoqchi. Undan tashqari, Oʻzbekistonlik ayol bokschi — Yodgoroy Mirzayeva mamlakat tarixida birinchi bor Olimpiya musobaqalarida qatnashmoqda. Bu, shubhasiz, Oʻzbekiston Boks federatsiyasining ulkan yutugʻidir.

Yangiliklar lentasi
0