TOSHKENT, 6 avg — Sputnik. Rio-de-Janeyroda bokschilar orsida qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston bokschilarining dastlabki raqiblari maʼlum boʻldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Jamoa ruhi aʼlo darajada, yaxshi tayorgarlik koʻrilgan, barcha bokschilar iqlimga moslashish jarayonidan oʻtgan”, — dedi ayollar boks jamoasi treneri Raxmat Roʻziaxunov.
Shanbadan yakshanbaga oʻtar oqshom, Toshkent vaqti bilan soat 01:45 da ringga birinchi Oʻzbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev chiqadi. 60 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchi Qatarlik Eresker Xakanga qarshi kurashadi. Keyingi kuni ayni shu vaqtda Shaxrom Gʻiyosov 69 kg vazn toifasida Ispaniyalik Sissoko Yoba bilan kurashadi.
Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi soat 01:00 da medallar uchun jangga ikki Oʻzbekistonlik sportchi chiqadi. 49 kg vazn toifasida Xasanboy Doʻsmatov Leonardo Blank (Argentina) — Jozeo Velaskez (Meksika) juftligi gʻolibi bilan uchrashadi. 91 kg vazn toifasida Rustam Toʻlaganov Ekvadorlik Sezar Kastello bilan uchrashadi. Jang Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanandi.
10 avgust tun soat 02:15 da Fazliddin Gʻoyipnazarov 64 kg vazn toifasida Kongolik sportchi Jalamu Malonga bilan uchrashadi.
11 avgust kuni Elshod Rasulov 81kg vazn toifasida ringga chiqadi. Uning raqibining ismi Katendo Kenedi (Uganda) — Buatsi Djoshua (Velikobritaniya) juftligi jangidan keyin maʼlum boʻladi. Jang soat 21:30 da boshlanadi.
12 avgust kuni barcha hayajon bilan kutgan bokschilar ringga chiqadi. Jamoaning yagona ayol bokschisi Yodgoroy Mirzoyeva va Bektemir Meliqoʻziyev. Mirzoyeva Kanadalik Mendi Bujold bilan soat 19:15 uchrashadi.Meliqoʻziyev boʻlsa, Levis Djeyson (Avstraliya) — Tomas Yablonski (Polsha) juftligi gʻolibi bilan soat 02:30 da ringga chiqadi.
13 avgust kuni Shaxobiddin Zoirov 52 kg vazn toifasida Irlandiyalik Brendonom Irvinom bilan, 91 kgdan ortiq super ogʻir vaznda qatnashayotgan Baxodir Jalolov Venesuelalik Edgar Munozom bilan uchrashadi. Jang soat 03:15da boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston boks jamoasi birincha marta olimpiadaga toʻliq tarkibda, yaʼni har bir vazn toifasida bir sportchi ishtirok etgan holda qatnashmoqchi. Undan tashqari birinchi marta Oʻzbekistonlik ayol bokschi — YOdgoroy Mirzayeva Olimpiada darajasiga chiqqan. Bu, shubhasiz, Oʻzbekiston Boks federatsiyasining ulkan yutugʻidir.