Yevropa va Turkiya migrantlar bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi

© REUTERS/ Francois LenoirYeI bayrog‘i
YeI bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi yuzaga kelgan migratsiya inqirozining yechimini topdi. Endilikda Turkiyaga qaytariladigan har bitta nolegal migrant o‘rniga, Yevropa o‘z hududiga Turkiyadagi bitta legal migrantni ko‘chirib o‘tkazadi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqiga a’zo-mamlakat yetakchilari Anqara bilan migrantlar kelishuvi borasida umumiy pozitsiyalarni muvofiqlashtirib oldilar. Hujjat shartlari juma kuni Brusselda bo‘lib o‘tadigan "YeI — Turkiya" sammitida muhokama qilinadi, deb ta’kidladi Lyuksemburg Bosh vaziri Ksavye Bettel.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Suriya shimolida qochoqlar uchun shahar qurmoqchi

Kelishuv nolegal migrantni legal migrantga alishtirishni ko‘zda tutadi: ya’ni, Turkiyaga Misr orollari orqali kelgan nolegal migrantlar YeI hisobidan ortga qaytariladi, har bir qaytarilgan nolegal migrant uchun Turkiyadan bitta legal migrant ko‘chirib o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, iyun oyi oxiriga qadar YeI Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilishi, Turkiyaga va’da qilingan uch milliard yevroni berishi hamda qo‘shimcha mablag‘lar berilishini tezlashtirishi, shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kiritilishini tezlashtirishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0