TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Turkiya janubi-sharqida joylashgan Xakkari va Mardin provinsiyalari hukumat a’zolari yakshanba kundan boshlab Yuksekova va nusaydin tumanlarida muddatsiz “komendant soati” e’lon qilingani haqida xabar tarqatdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Efqon Ala juman kuni mamlakat janubi-sharqidagi uchta tumanlar — Yuksekova, Shirnaqi va Nusaybinda Qurdiston Ishchi partiyasi a’zolariga qarshi yangi antiterrorchilik operatsiyasi boshlanishi haqida e’lon qilgan edi.
Hurriyet nashri yakshanba kuni bergan xabarga ko‘ra, Yuksekova tumaniga hafta mobaynida 80ga yaqin tankalar kiritilgan.
Turkiya hukumati 2015-yilning dekabr oyida mamlakat janubi-sharqidagi qurdlar yashovchi bir necha hududlarda “komentdant soati”ni e’lon qildi. Bunga qurd jangchilari va Turkiya huquq organlari xodimlari o‘rtasida ro‘y berayotgan qurolli to‘qnashuvlar sabab bo‘ldi.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, antirerrorchilik operatsiyalari bo‘lib o‘tayotgan tumanlarda 1000dan ziyod qurd jangarilari yo‘q qilingan. Ammo Qurdiston vatanparvarlik ittifoqi partiyasi vakillari so‘zlariga qaraganda, operatsiyalar davomida o‘nlab tinch aholi ham qurbon bo‘lgan.