OAV: “Islom Davlati” jangarilari teraktlar uchun bolalarni yollamoqda

© Wikipedia / VOA"ID" bayrog‘i.
ID bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalistlar o‘tkazgan surishtiruvlar hamda harbiylardan olingan ma’lumotlar, aksariyat bolalar, targ‘ibotlar ta’sirida, “ID” jangarilari ortidan ergashayotganini ko‘rsatmoqda.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. “Islom davlati” uyushmasi jangarilari teraktlar va hujumlarni amalga oshirish uchun voyaga yetmagan bolalarni yollamoqda, deb xabar qildi CNN telekanali.

Senator: “ID” jangarisining o‘z onasini qatl qilishi - mudhish jirkanchlik

Jurnalistlar o‘tkazgan surishtiruvlar hamda harbiylardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat bolalar, targ‘ibotlar ta’sirida, “ID” jangarilari ortidan ergashib, terrorchilar izmidagi — Suriya va Iroq hududlariga yo‘l olmoqda. Jumladan, “ID” jangarilari tomonidan tayyorlanib, ommaga e’lon qilingan videolavhadan so‘ng, Ar-Rakka shahrida bolalar tayyorlov lageri mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Terrorchilar tomonidan bu lager “bolalarni jihodga tayyorlovchi yirik markaz”, sifatida tilga olingan.

“Islom davlati” suratga olgan videotasvirlarda jangarilar safiga borib qo‘shilayotgan bolalar egnida oxori to‘kilmagan harbiy formalarni ko‘rish mumkin. Ammo, videodagi tasvirlar real voqelikdan tubdan farq qiladi, deb ta’kidlanadi telekanalda.

Jumladan, Iroq shimolidagi Arbil shahridagi frontdan ana shunday yollanma bolalar, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib qochishgani ma’lum. "Ular (bolalar) oldimizga kelishganida, juda ham bir harob ahvolda edi. Bolalar nuqul jahannamda yashaganliklarini ta’kidlardi", — dedi Iroq Qurdistonidagi ko‘ngilli askarlar otradi boshlig‘i Aziz Abdulla Xodur.

"Ammo ularning ba’zi birlari qurollangan holda kelishadi – bolalarga shahid kamarlari (portlovchi modda) taqilgan bo‘ladi. Bunday bolalarning miyasini yaxshilab “tozalashadi”, shu bois, ular, front chizig‘idan o‘tishlari bilan bizning askarlarimizni o‘ldirishadi", — deydi zobit Xadur, harbiylar nima uchun bolalarga qarata o‘q ochishlari haqida gapirar ekan. “Agar bunday bolalarga qarata o‘q ochilmasa, ular bizning askarlarimizni o‘ldirishadi", — izoh beradi Xadur.

ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
ID asirligidagi o‘zbek bola Twitter orqali yordam so‘radi

Ana shunday lagerdan qochgan 12 yashar bola, terrorchilar uni kamikadze-terrorchilikka “o‘qitishgani” haqida gapirib berdi.  "Bizlar 16ta edik, eng dahshatlisi, aviazarbalar vaqtida, biz yer ostiga yashirinardik. Ular (“ID” jangarilari) bizlarga, aviazarbalar bizni o‘ldirmoqchi bo‘layotgan sadoqatsiz amerikaliklar tomonidan sodir etilayotgani haqida aytib, bizni faqat “ID” yaxshi ko‘rishini, ular bizga, hatto, ota-onamizdan yaxshiroq qarashini tinmay takrorlardilar”, — dedi o‘zini Nasr deb chaqirishlarini xohlagan bolakay.

Nasrning so‘zlariga qaraganda, lagerdagi eng yosh “askar” 5 yoshda bo‘lgan. Bolalarning hech qaysi nihoyatda og‘ir mashg‘ulotlardan ozod etilmagan. "Bizga yig‘i-sig‘i qilishga ruxsat berilmasdi", — dedi bolakay.

“ID” tomonidan tarqatilgan so‘nggi videolavhalarni ana shu singari mashg‘ulotlar “natijasi” sifatida qayd etish mumkin: unda 11 yashar bolakay o‘z o‘limi oldidan so‘nggi marta jangarilardan “oq fotiha” oladi va so‘ngra, Aleppo shahri yaqinidagi qishloqqa uyushtirilgan hujum vaqtida, portlovchi moddalarga to‘la yuk mashinasida o‘zini portlatadi, deb ta’kidlaydi telekanal.

Yangiliklar lentasi
0