Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida ko‘prik ta’mirlanishi sabab harakat qisman cheklanadi

Toshkentda Bunyodkor shohko‘chasi va Cho‘pon ota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikda 30-apreldan 16-maygacha harakat qisman cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda Bunyodkor shohko‘chasi va Cho‘pon ota ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichda harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘prik ustidagi 250 metrlik qismda qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
Chastichnoe ogranichenie dvijeniya po odnoy polose na prospekte Bunyodkor
Shu sababli harakat birinchi yo‘lakda qisman to‘xtatiladi.
• cheklov 30-aprel soat 08:30 dan boshlanadi;
• ishlar 16-may soat 17:00 gacha davom etadi;
• yo‘l butunlay yopilmaydi;
• faqat bitta harakat yo‘lagida cheklov bo‘ladi;
• ushbu hududda transport oqimi sekinlashishi mumkin.
Haydovchilardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga rioya qilish so‘raldi.
Toshkentda svetofor ustunlari nega to‘liq yangilanmoqda — rasmiy izoh