https://oz.sputniknews.uz/20260413/tashkent-svetofor-ustunlar-yangilanish-izoh-56873684.html
Toshkentda svetofor ustunlari nega to‘liq yangilanmoqda — rasmiy izoh
Toshkentda svetofor ustunlari nega to‘liq yangilanmoqda — rasmiy izoh
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda svetoforlar bilan birga ustunlar ham almashtirilmoqda. YHTM bu oddiy ta’mir emas, balki intellektual transport tizimini joriy etish ekanini bildirdi. Yangi infratuzilma nimani o‘zgartiradi — batafsil.
2026-04-13T09:24+0500
2026-04-13T09:24+0500
2026-04-13T11:37+0500
yo‘l
transport
jamoat transporti
o‘zbekiston
jamiyat
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/538/91/5389159_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_15fead40ff8fcb9aac7b6ddf507f9a5f.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda svetoforlar bilan birga ustunlar ham almashtirilayotgani aholida savol uyg‘otmoqda: tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan tayanchlarni nega saqlab qolish mumkin emas? Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qilishicha, bu oddiy almashtirish emas, balki intellektual transport tizimini joriy etishning bir qismi.Qayd etilishicha, yangi tizim har bir chorrahada transport oqimini tahlil qilib, svetofor ishini vaziyatga qarab boshqaradi. Agar bir yo‘nalishda harakat kam bo‘lsa, yashil chiroq vaqti ortiqcha ushlab turilmaydi, tirband tomonga esa tezroq yo‘l beriladi. Markazga ko‘ra, eski ustunlarni saqlab qolish texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas. Chunki yangi standartlar bo‘yicha quvvat va boshqaruv kabellari, jumladan optik tolali aloqa yerosti orqali o‘tkaziladi.Bundan tashqari, zamonaviy svetofor majmuasi datchik va kameralar bilan jihozlanadi, bunday uskunalarning aniq ishlashi uchun esa mustahkam, tebranishni kamaytiruvchi tayanchlar talab etiladi. Yangi ruxlangan ustunlar zangga chidamli bo‘lib, doimiy bo‘yashni ham talab qilmaydi.Bu svetoforlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, “yashil to‘lqin”ni joriy etish, tirbandlikka tezroq javob berish va shaharda yanada qulay inklyuziv muhit yaratish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260227/saida-mirziyoeva-55994453.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/538/91/5389159_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_5d4b4a0e990ce6d6ca6a151371f76e72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, o‘zbekiston, svetofor, svetofor ustunlari, yo‘l harakatini tashkil etish markazi, yhtm, raqamli boshqaruv, yashil to‘lqin, jamoat transporti, tirbandlik
toshkent, o‘zbekiston, svetofor, svetofor ustunlari, yo‘l harakatini tashkil etish markazi, yhtm, raqamli boshqaruv, yashil to‘lqin, jamoat transporti, tirbandlik
Toshkentda svetofor ustunlari nega to‘liq yangilanmoqda — rasmiy izoh
09:24 13.04.2026 (yangilandi: 11:37 13.04.2026) Yangi infratuzilma chorrahalarni shunchaki signal berish nuqtasidan transport oqimini tahlil qiladigan va harakatni avtomatik boshqaradigan tizimga aylantirishi kutilmoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda svetoforlar bilan birga ustunlar ham almashtirilayotgani aholida savol uyg‘otmoqda: tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan tayanchlarni nega saqlab qolish mumkin emas? Yo‘l harakatini tashkil etish markazi
ma’lum qilishicha, bu oddiy almashtirish emas, balki intellektual transport tizimini joriy etishning bir qismi.
Qayd etilishicha, yangi tizim har bir chorrahada transport oqimini tahlil qilib, svetofor ishini vaziyatga qarab boshqaradi. Agar bir yo‘nalishda harakat kam bo‘lsa, yashil chiroq vaqti ortiqcha ushlab turilmaydi, tirband tomonga esa tezroq yo‘l beriladi.
Shuningdek, tizim jamoat transportiga ustuvorlik berishi, piyodalar uchun tovushli signal va zamonaviy chaqiruv tugmalari orqali xavfsizlikni oshirishi mumkin.
Markazga ko‘ra, eski ustunlarni saqlab qolish texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas. Chunki yangi standartlar bo‘yicha quvvat va boshqaruv kabellari, jumladan optik tolali aloqa yerosti orqali o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, zamonaviy svetofor majmuasi datchik va kameralar bilan jihozlanadi, bunday uskunalarning aniq ishlashi uchun esa mustahkam, tebranishni kamaytiruvchi tayanchlar talab etiladi. Yangi ruxlangan ustunlar zangga chidamli bo‘lib, doimiy bo‘yashni ham talab qilmaydi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — harakatni qo‘lda tartibga solishdan avtomatlashtirilgan raqamli boshqaruvga o‘tish.
Bu svetoforlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, “yashil to‘lqin”ni joriy etish, tirbandlikka tezroq javob berish va shaharda yanada qulay inklyuziv muhit yaratish imkonini beradi.