O‘zbekiston va YeOII

Ostonada YeOII energetika xavfsizligi va “yashil” energetika masalalari muhokama qilinadi

Sessiya yakunida Qozog‘iston elektr energiyasi va quvvati bozori operatori, Sankt-Peterburg xalqaro tovar-xomashyo birjasi hamda Belarus universal tovar birjasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ostonada bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida YeOII doirasida energetika integratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
“Yevroosiyo energetika integratsiyasi. Harakat vektori” mavzusidagi davra suhbatida YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ishtirok etadi. Forum sayti ma’lumotiga ko‘ra, sessiyada YeOII energetika xavfsizligi, energiya resurslari bozorlari va barqaror ta’minot masalalari ko‘rib chiqiladi.
Muhokamalarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
energiya resurslari birja savdosi arxitekturasi va yagona Yevroosiyo narx indikatorini shakllantirish;
birja qoidalari, kliring va kafolatli ta’minot tizimlarini yaqinlashtirish;
energiya resurslari narxlarining konvergensiyasi;
qayta tiklanadigan energiya manbalari, atom va vodorodning “yashil” energetikadagi o‘rni;
yoqilg‘i-energetika komplekslarini raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish;
energiya resurslari savdosida ma’lumot almashinuvi va elektron hujjat aylanishi bo‘yicha yagona yondashuvlar;
energetika ma’lumotlarini saqlash bo‘yicha milliy talablar va ularni transchegaraviy almashish zarurati o‘rtasidagi muvozanat.
Panel sessiyasida YeOIIga a’zo davlatlar davlat organlari va umumiy elektr energiyasi bozorida markazlashgan savdo operatorlari sifatida belgilangan savdo maydonchalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Sessiya yakunida Qozog‘iston elektr energiyasi va quvvati bozori operatori, Sankt-Peterburg xalqaro tovar-xomashyo birjasi hamda Belarus universal tovar birjasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekiston va YeOII
Haydovchisiz transport va SI: Ostonadagi EOII forumida nimalar muhokama qilinadi?