Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Haydovchisiz transport va SI: Ostonadagi EOII forumida nimalar muhokama qilinadi?

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota foruma YeAES
Rabota foruma YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Obuna bo‘lish
Forumda transport va logistika sohasini raqamlashtirish, qog‘ozsiz texnologiyalar, AI qo‘llanishi va haydovchisiz transport istiqbollari muhokama markazida bo‘ladi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 28 may kuni Ostona shahridagi V Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida transport sohasidagi integratsiyaga bag‘ishlangan ikki tematik sessiya bo‘lib o‘tadi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ulardan biri transport va logistikadagi raqamli yechimlarga bag‘ishlanadi.
Unda raqamli transformatsiya, qog‘ozsiz texnologiyalar, intellektual transport tizimlari, sun’iy intellektni amaliyotga joriy etish, haydovchisiz transport va zamonaviy elektron hujjat aylanishi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish, uning infratuzilmasi, milliy xususiyatlar va transport tizimlarining raqamli egizaklari kabi mavzular ham kun tartibiga kiritilgan.
Sessiyada YeIKning energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev, shuningdek, EOII davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish institutlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning o‘zi 28–29 may kunlari Ostonada, Qozog‘istonning EOII organlaridagi raisligi doirasida o‘tkaziladi
Xavflardan imkoniyatlarga: Yevroosiyo transport logistikasida nimalar sodir bo‘lmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
O‘zbekiston va YeOII
Xavflardan imkoniyatlarga: Yevroosiyo logistikasida nimalar o‘zgarmoqda
Yangiliklar lentasi
0