Anatomik nuqson bilan tug‘ilgan bolalarning operatsiya xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati ham joriy etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Bu norma 27-aprel kuni qabul qilingan “Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu xizmat doirasida nogironligi belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida kompleks reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Ota-onalar va tadbirkorlarning bir qismi ayrim soliqlardan ozod qilindi