https://oz.sputniknews.uz/20260428/anatomiya-nuqson-bolalar-operatsiya-qoplanish-57186784.html
Anatomik nuqson bilan tug‘ilgan bolalarning operatsiya xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi
Anatomik nuqson bilan tug‘ilgan bolalarning operatsiya xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi
Sputnik O‘zbekiston
Anatomik nuqson bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi. Shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
2026-04-28T10:07+0500
2026-04-28T10:07+0500
2026-04-28T10:10+0500
nogiron
jamiyat
o‘zbekiston
bolalar
sug‘urta
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24126875_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_586bfa2a0e1dc1f628001539f6d8336e.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.Bu norma 27-aprel kuni qabul qilingan “Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.Ushbu xizmat doirasida nogironligi belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.Bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida kompleks reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/ota-onalar-tadbirkorlar-soliqlar-ozod-56990220.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24126875_115:0:1246:848_1920x0_80_0_0_14ed266b28b1c20e565ecddb97cf50be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nogiron, jamiyat, o‘zbekiston, bolalar, sug‘urta, yangi qonun
nogiron, jamiyat, o‘zbekiston, bolalar, sug‘urta, yangi qonun
Anatomik nuqson bilan tug‘ilgan bolalarning operatsiya xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi
10:07 28.04.2026 (yangilandi: 10:10 28.04.2026) 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati ham joriy etiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Bu norma 27-aprel kuni qabul qilingan “Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida
belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu xizmat doirasida nogironligi belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida kompleks reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.