Xivada III “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

Xalqaro raqs festivalida 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bu yilgi III “Lazgi” xalqaro raqs festivalida dunyoning 30 ta dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Bu haqda Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan festival doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ta’kidlanishicha, festivalning asosiy maqsadi “Xorazm lazgi raqsi” san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.
V III Mejdunarodnom tansevalnom festivale "Lazgi" v Xive primut uchastie bolee 300 predstaviteley primerno iz 30 stran

Xivadagi III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida Xalqaro raqs tanlovi ham boshlandi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar o‘z san’atini namoyish etmoqda.

Festival g‘oliblariga pul mukofotlari va boshqa sovrinlar topshiriladi.
Bu yilgi festival TURKSOY va YuNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. “Lazgi” xalqaro raqs festivali avval ham o‘tkazilgan bo‘lib, bu galgi tadbir uchinchi bor tashkil etilmoqda. U Xiva shahrini yana bir bor xalqaro madaniy muloqot maydoniga aylantirmoqda.
“Arda Xiva”da rekord: xalqaro festivalda 9 tonna palov tayyorlandi