TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkentda sinxron suzish bo‘yicha an’anaviy “Suv parisi” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilayotgan musobaqaning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, World Aquatics burosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Uzbekistan Aquatics federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov, sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.
V Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu "Suv parisi"
© Press-slujba NOK
Bu yilgi bellashuvlarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 180 nafar sportchi turli yosh toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
26 aprel kuni musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bellashuvlar bugun o‘z yakuniga yetadi.