TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida bugun yuqori martabali mehmon O‘zbekiston oliy rahbariyati qabulda bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Sergey Kiriyenko 2016-yil 5-oktabrdan buyon Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. U 1998-yilda Rossiya bosh vaziri bo‘lgan, 2005–2016 yillarda esa “Rosatom” davlat korporatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Ta’kidlash joizki, ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston–Rossiya munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda.