TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya bo‘linmalari Konstantinovka yo‘nalishida bosimni kuchaytirmoqda, shu bilan birga DXRdagi Baxmutka va Kazenniy Tores darolari oralig‘idagi hududga siljishi davom etmoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin “Vesti” axborot xizmatiga bergan izohida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siljish Slavansk yo‘nalishidagi vaziyatga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Slavan yo‘nalishidagi Dibrova aholi punkti ozod qilindi... bu dushman mudofaasini yorib o‘tib, Baxmutka va Kazenniy Tores darolari oralig‘idagi hududga, Ray-Aleksandrovka — Nikolayevka liniyasiga siljish imkonini beradi”, — dedi Pushilin.
Rossiya Mudofaa vazirligi 10-aprel kuni Dibrova “Janubiy” qo‘shinlar guruhi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgan edi.
Uning aytishicha, Dibrovaning ozod qilinishi Rossiya qo‘shinlariga hududda yangi plasdarmga chiqish imkonini bergan.
“Dibrova aholi punkti ozod qilindi, bu esa o‘z navbatida Severskiy Dones — Donbass kanali hududidagi yangi plasdarmga chiqish imkonini berdi. Bu dushman mudofaasini yorib o‘tib, oldinga siljish imkonini beradi”, — dedi u.
Shu bilan birga, Pushilin Tatyanovka va Prishib hududlarida ham pozitsiyalar yaxshilanganini aytdi.
“Biz Tatyanovka va Prishib aholi punktlari hududida pozitsiyalarning yaxshilanganini ko‘rmoqdamiz. Tatyanovka hududida, Svatogorsk tomondagi siljishni hisobga olgan holda, bizning bo‘linmalarimiz Tatyanovkada joylashgan dushman garnizonini ta’minot yo‘llaridan mahrum qildi”, — dedi DXR rahbari.
Bu yo‘nalishdagi vaziyat haqida Pushilin avval ham bir necha bor ma’lumot bergan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Krasnoarmeysk — Dobropolsk yo‘nalishida ham janglar davom etmoqda.
“Beliskoe, Pavlovka, shuningdek, Yangi Donbass aholi punktlari yaqinida janglar bo‘layotganini ko‘rapmiz. Grishino tumanida ham pozitsiyaning yaxshilanishini ko‘rmoqdamiz va Sergeyevka yo‘nalishida ham oldinga siljishni ko‘rmoqdamiz”, — dedi Pushilin.
Grishino qishlog‘i DXRning Krasnoarmeysk tumanida Grishinka darosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, janubi-sharqda Pokrovsk bilan chegaradosh. Sergeyevka qishlog‘i Slavansk tumanida, DXRning Kramatorsk shahridan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan.