Mirziyoyev rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Amir Temurning 690-yilligi munosabati bilan yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, yangi ekspozitsiyalar bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Amir Temur Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlashtirib, qudratli saltanatga asos solgan. U “Temur tuzuklari” orqali davlat boshqaruvi mezonlarini belgilab bergan, ilm-fan va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan. Uning davrida bunyod etilgan obidalar xalqning milliy g‘ururi va boy merosi hisoblanadi.
Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash maqsadida joriy yil 5-fevralda prezident qarori qabul qilingan.
Qaror ijrosi doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Muzey imkoniyatlari raqamlashtirish orqali kengaytirildi, ekspozitsiyalar yangilandi va xorijdagi to‘plamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi.
Prezident posetil obnovlenniy Gosudarstvenniy muzey istorii Temuridov
Muzeyning birinchi qavatida “Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi” bo‘limi tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda esa sun’iy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri hamda temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylashtirilgan. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar va xaritalar ham namoyish qilinmoqda.
Tashrif yakunida prezident muzey mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi va iftorlik marosimida ishtirok etdi