Sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq raqamlashtirilib, ular ustidan nazorat kuchaytiriladi

Tizimda yangi tartib joriy etiladi: hokimlar qabulxonalarga rahbarlik qiladi, shaxsiy va sayyor qabullar raqamlashtiriladi, jamoaviy murojaatlar esa aholi roziligi bilan nazoratdan olinadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Prezident huzurida O‘zbekiston prezidenti Xalq qabulxonasi tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimlari tegishli Xalq qabulxonalariga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. Ular bu yerda fuqarolarni muntazam shaxsan qabul qilib, muammolarni joyida hal etish, murojaatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari prezident huzurida o‘tkaziladigan taqdimotlarda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan tizimli muammolar va ularni hal etish rejalari bo‘yicha alohida hisobot beradi.
Yana bir yangilik — davlat organlari, tashkilotlar va mahalliy hokimliklar o‘tkazadigan shaxsiy hamda sayyor qabullar to‘liq raqamlashtiriladi. Bu orqali qabullar jarayoni ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Jamoaviy murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganiladi. Bunday murojaatlar faqat murojaatchilarning roziligi bilan nazoratdan olinadi.
Fuqarolarning murojaatlar yuzasidagi e’tirozlari davlat idoralari bahosiga ta’sir qiladi