“O‘zatom” Tatariston bilan atom energetikasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tataristonga tashrif doirasida atom energetikasi, kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik infratuzilma bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “O‘zatom” agentligi delegatsiyasining Rossiyaning Tataristonga tashrifi hamda “ENERGOPROM” Qozon xalqaro elektr energetika forumidagi ishtiroki doirasida yetakchi ilmiy-ta’lim va sanoat tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
A.N. Tupolev nomidagi Qozon milliy tadqiqot texnika universitetida atom sanoatining yuqori texnologiyali loyihalari uchun laboratoriya bazasini birgalikda yaratish va innovatsion materiallarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.
Qozon davlat energetika universitetida atom energetikasi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash, qo‘shma o‘quv markazlarini rivojlantirish, tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekiston va Tataristonning tegishli tuzilmalari o‘rtasida uzoq muddatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Ximgrad” texnopolisiga tashrif chog‘ida delegatsiyaga O‘zbekiston hududida hamkorlikning amaldagi shakllari taqdim etildi.
Uchrashuvlar yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik infratuzilmani yaratish sohasida Tataristonning ilg‘or tajribasini o‘rganish imkonini berdi.
Tomonlar atom energetikasi, fan va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi.
"O‘zatom" dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan biri bilan bitim imzoladi