Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi va iftorlik marosimida ishtirok etdi

Toshkentda ochilgan yangi majmua O‘zbekistonning ko‘p asrlik ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etish, uni jahonga keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi aytildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Uzbekistana posetil Sentr islamskoy sivilizatsii
Tadbirda hududlardan studiyalar orqali nuroniylar, olimlar, diniy ulamolar, jamoatchilik vakillari, shuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar a’zolari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, bu oyda mamlakatda keksa va nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, ehtiyojmand insonlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, tibbiy ko‘rik va davolash ishlari kengayganini ta’kidladi.
V fonde sentra – bolee 2 tis
Prezident markazning ochilishini xalq hayotidagi tarixiy voqea deb atadi. Qayd etilishicha, mazkur majmua O‘zbekistonning ko‘p ming yillik tarixi, boy madaniyati va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, markaz salkam 10 gektar hududda joylashgan bo‘lib, unda “O‘zbekiston zaminida islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiyalar yaratilgan.
Majmuaning asosiy zali — Qur’on zalida dunyodagi eng qadimiy Qur’oni karim nusxalaridan biri bo‘lgan Usmon Mushafi, shuningdek, ko‘plab nodir qo‘lozmalar joy olgan.
Markaz o‘zining noyob ko‘lami va me’moriy o‘lchamlari tufayli islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik majmualardan biri sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin.
Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii otkritiya Sentra islamskoy sivilizatsii
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Markazni boyitish maqsadida o‘tgan yilning o‘zida 1,5 mingtadan ortiq eksponat, jumladan, 800 taga yaqin qo‘lozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar joylashtirilgan, xorijdan 743 ta asl eksponat olib kelingan. Markazni loyihalash va jihozlash ishlarida qator xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.
Shavkat Mirziyoyev Markaz kelgusida islom merosini o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalash uchun muhim baza bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u olimlar, ijodkorlar va jurnalistlarni ushbu boy merosdan ilhomlanib, xalq tarixi va madaniyatini keng targ‘ib qilishga chaqirdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi: asrlar bo‘ylab sayohat