TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilarni birlashtiruvchi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati doirasida shakllantiriladi:
– istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;
– maktablar;
– Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;
– “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur ishtirokchilari;
– dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli o‘zbekistonliklar.

Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25-martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi.
Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.
Respublika komissiyasi har yili 20-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati qurultoyida topshiriladi.