TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi asosida muborak oyni milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazish chora-tadbirlari belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, hududlar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda:
– kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash;
– mahallalarda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va adolat muhitini mustahkamlash;
– tabiiy muhitni asrash, qadamjo va ziyoratgohlarni obod etish ishlarini amalga oshiradi.
– mahallalarda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va adolat muhitini mustahkamlash;
– tabiiy muhitni asrash, qadamjo va ziyoratgohlarni obod etish ishlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Ramazon oyiga doir tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham va mazmunli tarzda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi va boshqa OAVlarga ushbu tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.