Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanadi

© Sputnik / Avenir Deberdeyev V mechetax Uzbekistana sostoyalsya prazdnichniy namaz v chest Kurban xayita.
 V mechetax Uzbekistana sostoyalsya prazdnichniy namaz v chest Kurban xayita. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 16 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2026-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qaror bilan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida:
(a) kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
(b) mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;
(v) yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;
(g) Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi.
Kalendar Ramazana-2026  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Ramazon taqvimi 2026 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Yangiliklar lentasi
0