TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyati va Donesk Xalq Respublikasidagi ikki aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Sumi viloyatining Pokrovka aholi punktini ozod qilgan.
Shuningdek, “Janub” qo‘shinlari guruhi Donesk Xalq Respublikasining Minkovka aholi punktini ozod etgani bildirildi.
Bayonotda qayd etilishicha, “G‘arb” guruhi bo‘linmalari qulay marra va pozitsiyalarni egallagan, “Markaz” va “Dnepr” guruhlari taktik vaziyatni yaxshilagan.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga yurishni davom ettirdi.
Bundan tashqari, “Dnepr” guruhiga qarashli “Orlan-10” uchuvchisiz apparati Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli obyektni aniqlab, koordinatalarni artilleriyachilarga uzatgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, artilleriya zarbasi natijasida ushbu vaqtinchalik joylashuv punkti yakson qilingan.