TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti doirasida fuqarolar ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, loyiha shaxsiylashtirilgan tibbiyot yordamida kasalliklarni tashxislash va davolashni takomillashtirish maqsadida o‘zbek populyatsiyasining genetik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
E’londa keltirilishicha, tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ma’lum qilinishicha, 35 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston fuqarosi va o‘zbek millatiga mansub shaxslar tadqiqotda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchining ota-onasi ham o‘zbek millatiga mansub bo‘lishi shart.
Yurak-qon tomir, endokrin, autoimmun yoki onkologik kabi jiddiy kasalliklari bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishga taklif qilinmoqda.
Ishtirok tartibi va shartlari
Ishtirok etish uchun anketani to‘ldirish (15–20 daqiqa) va tahlil uchun qon namunasini topshirish talab etiladi. E’londa ishtirok va mutaxassis konsultatsiyasi bepul ekani qayd etilgan.
Qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?
Ishtirokchilar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi. Jumladan:
kardiolog konsultatsiyasi
qon biokimosi
braxiotsefal arteriyalar ultratovush tekshiruvi (BSA)
EKG
Exo-KG
Loyiha doirasida ishtirokchilar muhim ilmiy tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Qanday bog‘lanish mumkin?
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi raqamlar ko‘rsatilgan:
+998903181615 (Iroda)
+998935968518 (Negina)
+998994907339 (Nargiza)
+998935968518 (Negina)
+998994907339 (Nargiza)
Shuningdek, Telegram orqali @genom_cat akkauntiga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.