Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

NYT: sovuq va qor Ukraina harbiylari uchun katta muammo tug‘dirmoqda

Amerika nashrining harbiylarga tayanib yozishicha, sovuq havo va qor Ukraina frontida askarlar harakati hamda dronlar ishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Ukraina harbiylari yomon ob-havo sharoiti tufayli frontda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda "New York Times" nashri harbiylarga tayanib xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashrning yozishicha, sovuq havo oldingi chiziqdagi askarlar harakatini va jangovar imkoniyatlarini cheklamoqda. Shuningdek, u texnika, xususan, dronlar ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Past harorat batareyalar ishlash muddatini qisqartirishi mumkin. Qor yog‘sa, ayrim dronlar ishdan chiqishi ehtimoli bor. Bu esa dushman hujumi xavfini oshiradi”, — deyiladi materialda.
“Sol” chaqiruv belgisiga ega dron operatori serjant nashrga qor uning jamoasi ishiga jiddiy to‘siq bo‘layotganini aytgan.
“Ob-havo va texnika — do‘st emas”, — degan u.
Bundan tashqari, dronlar tahdidi sabab Ukraina qurolli kuchlari chuqurroq bunkerlar qazishga majbur bo‘lmoqda. Ammo yer muzlab qolgani bu ishni yanada qiyinlashtirmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
UQK vakili Ukraina harbiylari frontdagi o‘limlarining asosiy sababini ochiqladi