Asian Boxing bilan memorandum imzolandi: unda nimalar ko‘zda tutilgan

Asian Boxing va O‘zbekiston boks federatsiyasi boks maktablarini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bitim imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Asian Boxing tashkiloti va O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Asian Boxing prezidenti Pichai Chunxavajira hamda federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari, Asian Boxing vitse-prezidenti Saken Polatov uchrashuvida imzolandi.
Memorandumga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir viloyatida boks maktablarini tanlab olib, ularni zamonaviy yo‘nalishda rivojlantirish, xorijlik murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek sportchilar, hakamlar va mutaxassislar uchun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Tomonlar shuningdek, sohaga oid boshqa dolzarb vazifalar yuzasidan ham kelishuvga erishdi.
Rossiya sport vaziri Degtarov Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi