TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomidan foydalanib, soxta akkauntlar ochayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soxta akkauntlarda hokimning rasmi, ismi va familiyasi qo‘llanilib, fuqarolarga turli murojaatlar va xabarlar yuborilmoqda.
Xokimiyat Tashkenta predupredil grajdan o moshennikax
© Xokimiyat goroda Tashkenta
Toshkent shahar hokimligi bunday akkauntlar soxta bo‘lib, ularga ishonmaslik va muloqotga kirishmaslik qat’iyan tavsiya etdi. Ushbu akkauntlarning barchasi firibgarlarga tegishli ekani bildirildi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimi yoki hokimlikka aloqador mansabdor shaxslar aholiga shaxsiy tartibda xabar yubormaydi. Agar rasmiy sahifa yoki aloqa kanali ochiladigan bo‘lsa, bu haqda faqat hokimlik matbuot xizmatining rasmiy axborot kanallari orqali oldindan ma’lum qilinadi.