TOShKENT, 29 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro yakunlansa, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun "ajoyib istiqbollar" ochilishini ta’kidladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat tafsilotlarini ochiqlash chog‘ida ma’lum qildi.
Ushakovning mavzuga oid boshqa bayonotlari quyidagilardan iborat:
Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati 1 soat 15 daqiqa davom etgan;
tomonlar vaqtinchalik sulh Ukrainadagi mojaroni cho‘zishga olib kelishi mumkin, degan fikrda yakdil ekanini bildirgan;
Vladimir Putin Donald Trampning maxsus tuzilgan ishchi guruhlar doirasida mojaroni tartibga solish ishlarini davom ettirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan;
Ukraina bo‘yicha ishchi guruhlar parametrlari yanvar oyi boshida ma’lum qilinishi rejalashtirilgan;
Putin va Tramp AQSh prezidentining Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yakunlaridan so‘ng yana bir bor telefon orqali muloqot qilishga kelishib olgan.