AES uchun tanlangan maydon juda maqbul — mutaxassis

UzLITI Engineering mutaxassislarining fikriga ko‘ra, maydonning xavfsizligi asosli isbotlangan va u yerda AES joylashtirishga hech qanday cheklov yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Aleksandra Teroxina. O‘zbekiston yadro va radiatsiya xavfsizligi masalalarida xalqaro hamjamiyatga bilan integratsiya qilish yo‘lida muhim qadamlarni qo‘ydi.

2020-2025 yillarda mamlakat to‘rtta konvensiyaga qo‘shildi: Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, Yadroviy baxtsiz hodisalar haqida erta xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya, Yadroviy xavfsizlik to‘g‘risidagi konvensiya va Baxtsiz hodisalar va radiologik baxtsiz hodisalar holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya. O‘zbekiston, shuningdek, atom elektr stansiyasi xavfsizligining eng yuqori darajasini ta’minlaydigan MAGATE tamoyillari va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

Atom elektr stansiyasi qurilishining muhim sharti - uning atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB). Atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarini ishlab chiqish "O‘zatom" agentligining texnik xususiyatlari asosida amalga oshirildi. Bu O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan.

Natijalar Jizzax viloyatida UzLITI Engineering tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida e’lon qilindi va Aleksandr Golubev tomonidan taqdim etildi.
Spetsialist kompanii UzLITI Engineering Aleksandr Golubev na obshestvennix slushaniyax v Djizakskoy oblasti.
"AES uchun tanlangan maydonda kompleks muhandislik tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar ham asosiy maydonning o‘zida, ham o‘ttiz kilometrlik tutash hududda olib borildi. Muhandislik tadqiqotlari 2019-yildan 2020-yilgacha o‘tkazildi va operatsion monitoring davom etmoqda va bu doimiy amalga oshiriladi", - dedi Golubev.
Atom elektra stansiyasini hamma joyda ham qurish mumkin emas. Bir qator taqiqlovchi omillar mavjud. Masalan, AESni faol Yer yoriqlari ustida, yuqori seysmik faollikka ega hududlarda, karst tuproqlarida, maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda (tabiat qo‘riqxonalarida) yoki vulqon zonalarida qurish mumkin emas. Bundan tashqari, qator salbiy ta’sir qiluvchi omillar ham belgilangan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, maydon geologik jihatdan 100-120 metr chuqurlikda o‘rganilgan - bu normativ hujjatlar talabi. Reaktor bloki ostida kamida 120 metr chuqurlikdagi quduq qazilishi kerak.

"Geologik tadqiqotning asosiy xulosasi shundaki, hech qanday xavfli muhandislik jarayonlari yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlar aniqlanmagan. Bu maydon atom elektr stansiyasini joylashtirish uchun to‘liq mos kelishini anglatadi. Men hatto bu joyni maqbul deb aytgan bo‘lardim", - dedi Golubev.

Muhandislik, gidrologik, gidrometeorologik tadqiqotlar ham maydonda suv toshqini yoki boshqa ehtimoli kabi salbiy omillarni aniqlamadi.

Gidrologik omillar, xususan, suv, atom elektr stansiyasini sovutishda asosiy element hisoblanadi va aerometeorologik va meteorologik sharoitlar atom elektr stansiyasidan chiqadigan chiqindilarning atmosferada tarqalishiga va keyinchalik aholi punktlarida va ta’sirlangan hududda cho‘kishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
"Gidrologik tadqiqotlar asosida asosiy xulosa shuki, dastlab texnik suv ta’minoti uchun mo‘ljallangan Tuzkan ko‘lidan suv ham texnik, ham ekologik mezonlarga mos kelmaydi. Kimoviy tarkibi jihatidan u texnik sovutish uchun yaroqsiz va harorat rejimi, ayniqsa issiq davrlarda, ekologik standartlarga rioya qilishga imkon bermaydi. Iqlim parametrlari jihatidan hech qanday cheklovlar yo‘q", deb tushuntirdi UzLITI Engineering vakili.
Muhandislik va ekologik tadqiqotlar 30 kilometr radiusdagi atrof-muhit sharoitlarini ham o‘rganib chiqdi. Bunga atmosfera havosi, tuproq, yovvoyi tabiat va o‘simliklarni o‘rganish kiradi. Bu yerda ham hech qanday qoidabuzarliklar aniqlanmadi.
"Maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar hududdan yetarlicha uzoqlikda joylashgan. Nurota qo‘riqxonasi g‘arbda 33 kilometr, Arnasoy ornitologik qo‘riqxonasi esa 5 kilometr uzoqlikda joylashgan, bu esa atom elektr stansiyasini joylashtirish mezonlariga zid emas", - dedi Golubev.
Atrofdagi tabiiy radiatsion fon ham AES joylashtirishning eng muhim omillardan biridir. Uning darajasini aniqlash uchun milliy qonunchilik va Rossiya standartlari talablariga muvofiq tabiiy muhitning barcha komponentlari bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilmoqda.

"Tabiiy muhit yoki yer usti ekotizimlarining o‘rganilgan komponentlarining birortasida ham radiatsiya ko‘rsatgichi belgilangan standartlardan oshib ketish aniqlanmadi. Ba’zi hududlarda darajalar shunchalik past ediki, hatto asbob ham ularni aniqlay olmadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, hozirda o‘lchangan radionuklidlarning asosiy manbai avvalgi avariyalarning global yog‘inlari, butun dunyoda keng tarqalganligi va hamma joyda mavjud bo‘lgan tabiiy radionuklidlar bo‘lgan. Shuning uchun, radiatsiya nuqtayi nazaridan, atom elektr stansiyasini joylashtirish uchun hech qanday cheklovlar yoki to‘siqlar yo‘q", - dedi mutaxassis.

Atom elektr stansiyasi, shuningdek, reaktorning sovutish tizimidan chiqayotgan issiqlik, akustik effektlar va elektr uzatish liniyalari va tashqi kommutatorlardan elektromagnit maydonlar orqali issiqlik effektini hosil qiladi. Muhim ta’sirlarga radiatsiya va issiqlik effektlari kiradi.

"Biz turli xil konservativ ssenariylarni ko‘rib chiqdik. Xususan VVER va RITM reaktorlarining normal ishlash sharoitidagi ta’siri va ehtimoiliy buzilishi ssenariysida atrof-muhitga ta’sirlarini", - dedi u.
AES bosh loyihachisi stansiyasi ishlashi paytida atmosferaga qanday radionuklidlar va qancha miqdorda chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. Barcha hisob-kitoblar AESning normal ishlash va ehtimoiy buzilishi shaoritida, atmosfera yog‘inlarining tarqalishi sharoitida radionuklidlarning atrofga tarqalishini baholash imkonini beruvchi ixtisoslashtirilgan dasturlar yordamida amalga oshirildi. Bunda eng muhim omillardan biri shamol guli (roza vetrov) yo‘nalishidir.
"Tadqiqotlarga ko‘ra, AES normal ishlash paytida va ayniqsa RITM va VVER reaktorlarining bir yil davomida birgalikda ishlab chiqargan radiatsiya dozasi shunchalik past va ta’sir shunchalik ahamiyatsizki, u hatto ruxsat etilgan chegaraning 1% dan oshmaydi. Bu loyihaning ushbu hudud uchun mutlaq xavfsizligidan dalolat beradi", - dedi mutaxassis.
AESning ehtimoliy buzilish ssenariysi uchun ham amalga oshirilgan hisoblash natijalari ham hududga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligni namoyish qildi.
"Men shuni ta’kidlamoqchimanki, bu konservativ (bo‘rttirilgan) ssenariy. Aslida, ta’sir yanada kamroq bo‘ladi", - dedi u.

Hatto eng bo‘rttirilgan ssenariyda ham AESning to‘rtta blokida ham buzilish sodir bo‘lsa va shamol guli katta aholi punkti tomonga yo‘nalgan bo‘lsa ham, radiatsiya dozasi ruxsat berilgan normaning 5 foiziga yaqinlashadi xolos. Ya’ni bu standartdan 20 baravar kam. Lekin bunday yomon ssenariy real hayotda yuzaga kelish ehtimoli juda past, undan faqat hisob-kitoblar uchun foydalanish mumkin.

Texnik xususiyatlarga ko‘ra, AESning transchegaraviy ta’sirni baholash muhim vazifa edi. Ya’ni, agar shamol O‘zbekiston aholi punktlariga emas, balki qo‘shni Qozog‘iston tomonga esgan taqdirda nima bo‘ladi? Hisob-kitoblarga ko‘ra, hatto eng noqulay sharoitlarda ham belgilangan standartlar va sanitariya mezonlaridan oshmaydi.
AMTB loyihasi salbiy ta’sirni yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ham o‘z ichiga oladi. Bular muhandislik tayyorgarlik, yer ishlari, gidroizolyatsiya va beton himoyasidir. Ushbu zarur choralar AESning asosiy konstruktiv qurilmalarining ishlash muddatini uzaytiradi va uning xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

"Xulosa qilib aytganda, tanlangan maydonning xavfsizligi asosli isbotlangan. U yerda atom elektr stansiyasini joylashtirishga hech qanday qonuniy yoki boshqa taqiqlovchi cheklovlar yo‘q. Tabiiy muhitning barcha komponentlari yetarlicha barqaror va atom elektr stansiyasi joylashgan joy uchun mos keladi. Baholash natijalari shuni ko‘rsatdiki, hatto eng konservativ, eng yomon ssenariyda ham uning ta’siri shunchalik kichik bo‘ladiki, uni e’tiborsiz qoldirish mumkin. Transchegaraviy kontekstda ham biz atom elektr stansiyasini joylashtirish bilan bog‘liq hech qanday xavotirlarni ko‘rmayapmiz. Suv havzalari va mikroiqlimga ta’sir mutlaq istisno. Shuning uchun biz ushbu loyihani ijobiy deb hisoblaymiz va uni tavsiya qilamiz", - dedi Golubev.

O‘zbekistonda AES qurilishi xalqaro MAGATE standartlariga muvofiq olib borilmoqda